Poytaxtga kam uglerodli transport investitsiyasi jalb etiladi

© Sputnik / Oksana DjadanElektrobus
Elektrobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Elektr transport vositalarini rivojlantirish milliy startegiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqish kutilmoqda.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Poytaxtga kam uglerodli transport investitsiyasi jalb etiladi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bugun Transport vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan “Toshkent – kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjuman o‘tkazildi.
Unda ma’lum qilinishicha, Toshkentga kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb etish loyihasi 2022-2027 yillar uchun mo‘ljallangan.
Uning doirasida nafaqat Toshkent shahri balki, Samarqand va Namangan shaharlarini ham qamrab olish ko‘zda tutilgan.
Loyihada quyidagi maqsadlar ilgari surilgan:
Elektr transport vositalarini rivojlantirish milliy startegiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqish;
Yashil shahar transport koridorini joriy etish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda shaharlarda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha milliy va mahalliy strategiyalarini ishlab chiqish;
Yashil shahar transport koridori va elektr transport vositalari bo‘yicha meyoriy hujjat va standartlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Jamoat transportida elektr transport vositalari (elektrobus)dan keng foydalanishni joriy etish orqali ekologiyani yaxshilashga ko‘maklashish;
Toshkent shahrida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak “BRT” pilot loyihasini amalga oshirish;
Yangiliklar lentasi
0