Putin bir nima o‘ylasa, uni amalga oshiradi – Erdog‘an

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tish27 avgusta 2019. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan pokupayut morojenoe vo vremya posesheniya Mejdunarodnogo aviakosmicheskogo salona MAKS-2019.
27 avgusta 2019. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan pokupayut morojenoe vo vremya posesheniya Mejdunarodnogo aviakosmicheskogo salona MAKS-2019. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Erdog‘an: Men kutilayotgan uchrashuvimizga katta ahamiyat beraman.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasining ozod qilingan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar natijalari bo‘yicha rejalarini ta’riflar ekan, agar Rossiya rahbari “biror narsani o‘ylasa, uni amalga oshirishini” aytdi.
Erdog‘an o‘tkazilgan referendumlar haqida gapirar ekan, bu hududlarning Rossiyaga qo‘shib olinishidan “xavotirda” ekanini tan oldi.
“Bu sodir bo‘lishi mumkin, chunki men bilgan janob Putin, agar nimadir o‘ylasa, uni amalga oshiradi”, deya Erdog‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.
“Shu sababli men kutilayotgan uchrashuvimizga katta ahamiyat beraman. Umid qilamanki, biz bu masalani yetib kelgan nuqtada qoldirib, diplomatiyaga o‘tamiz”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Turkiya rahbari Putin bilan payshanba kuni telefon orqali muloqot qilishiga umid qilayotganini aytgandi. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov chorshanba kuni Rossiya prezidenti va uning turkiyalik hamkasbi o‘rtasidagi telefon suhbatlari hozircha rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.
Yangiliklar lentasi
0