Qaysi hududdan eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar ichida Samarqand yetakchi bo‘ldi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Davlat test markazi (DTM) eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
Samarqand viloyati — 20 690 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar;
Farg‘ona viloyati — 18 340 nafar;
Toshkent viloyati — 15 699 nafar;
Buxoro viloyati — 14 337 nafar.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 104 084 nafari joriy yil bitiruvchilaridir.
Ularning eng ko‘pi talabalikka tavsiya etilgan hududlar:
Samarqand viloyati — 11 295 nafar;
Farg‘ona viloyati — 10 951 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 9 999 nafar;
Buxoro viloyati — 8 833 nafar;
Toshkent viloyati — 7 927 nafar.
Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan 39 962 nafar talaba davlat granti, 150 413 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni boshladi. Tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha ball 121,2 ball, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball 95,9 ballni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0