Dunyoda

Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri 110 ming dollar pora bilan ushlandi

© press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevMinistr obrazovaniya i nauki KR Almazbek Beyshenaliyev
Ministr obrazovaniya i nauki KR Almazbek Beyshenaliyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri xorijlik talabalarni mahalliy oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiritish uchun pora undirgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev 110 ming dollar miqdorida pora olayotganda qoʻlga tushdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar berdi.
“Mahalliy oliy taʼlim muassasalariga xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish chogʻida katta miqdordagi (110 ming AQSH dollari) pora olish fakti tekshirilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, jinoyat ishi boʻyicha keyinchalik, tergov natijalariga koʻra batafsil maʼlumot beriladi.
Almazbek Beyshenaliyev 2020-2021 yillarda Taʼlim va fan vazirligi rahbari boʻlgan, biroq keyinchalik u lavozimidan ozod qilinib, mamlakatning Shveytsariyadagi elchisi, shuningdek, Qirgʻizistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan.
2022 yilning fevral oyida u yana vazir lavozimiga qaytgan. Almazbek Beyshenaliyev islohotlar oʻtkazish, jumladan, Qirgʻizistonni 12 yillik taʼlimga oʻtkazish niyati bilan tanilgan.
Yangiliklar lentasi
0