Jamiyat

Samarqanddagi Xalqaro turizm markazida oʻqituvchilar uchun tadbir boʻlib oʻtadi

© Xalq taʼlimi vazirligi Oʻqituvchi va murabbiylar
Oʻqituvchi va murabbiylar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand xalqaro turistik markazida 700 kishilik davlat tadbiri boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. 1 oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikaning 700 nafar ustoz-murabbiysi bayramni nishonlash uchun Samarqandga yoʻl oldi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, bayram munosabati bilan Samarqand xalqaro turistik markazida davlat tadbiri boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Maktabgacha taʼlim vazirliklari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylar ishtirok etadi.
Oʻqituvchilar ikki kun davomida "Boqiy Samarqand" majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.
Bugun oʻqituvchi va murabbiylar Samarqand shahrida tantanali ravishda kutib olinmoqda.
© Xalq taʼlimi vazirligi Oʻqituvchi va murabbiylar
Oʻqituvchi va murabbiylar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2022
Oʻqituvchi va murabbiylar
Samarqanddgi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida umumxalq bayramining asosiy tadbirlari boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0