Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Xarkov yaqinidagi qochqinlar kolonnasini oʻqqa tutdi, 30 ga yaqin odam halok boʻldi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka oʻtishLyudi pokidayut Mariupol
Lyudi pokidayut Mariupol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xarkov yaqinida qochqinlar kolonnasini Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan oʻqqa tutilishi oqibatida 30 ga yaqin odam halok boʻldi.
TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Xarkov viloyatida Ukraina qoʻshinlari tomonidan qochqinlar karvoni oʻqqa tutilishi oqibatida oʻnlab odam halok boʻldi, deb maʼlum qildi “RIA Novosti”ga Lugansk Xalq Respublikasining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodion Miroshnik.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, karvon oʻqlari ostida 30 ga yaqin odam, jumladan, bolalar halok boʻlgan”, — dedi u.
Miroshnikning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari davom etayotgani sababli favqulodda xizmatlar hozircha jasadlarni olib chiqa olmayapti.

“Hozir, Xarkov viloyati hududida faol harbiy harakatlar boshlanganidan soʻng, Rossiyaning Belgorod viloyatiga yoʻl olgan yoki LXR orqali Xarkovni tark etayotganlar soni koʻpaydi”, — dedi vakolatxona rahbari.

Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Aytish joizki, Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish taktikasini qoʻllab kelmoqda. Aynan shu maqsadda ular janglar boʻlayotgan hududlardan tinch aholining chiqib ketishiga qarshilik qilmoqda. Ushbu holat oʻz vaqtida Mariupolda ham kuzatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0