Futzal: Osiyo kubogi bahslarida O‘zbekiston Tojikiston ustidan g‘alaba qozondi - foto

© Sportni rivojlantirish vazirligiOsiyo kubogi
Osiyo kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Bahodir Ahmedov shogirdlari 6 ochko bilan guruhda yakkapeshqadamga aylandi va pley-offga 1-o‘rin bilan chiqishini kafolatladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Quvaytda futzal bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi bahslarida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushib, 3-2 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Osiyo kubogining “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2-turda Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushdi va katta qiyinchilik bilan 3-2 hisobida g‘alabaga erishdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiOsiyo kubogi
Osiyo kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Osiyo kubogi
Natijada Bahodir Ahmedov shogirdlari 6 ochko bilan guruhda yakkapeshqadamga aylandi va pley-offga 1-o‘rin bilan chiqishini kafolatladi.
Tojikiston — O‘zbekiston- 2:3
Gollar: Faizali Sardorov (dubl) — Elbek To‘lqinov, Husniddin Nishonov, Anasxon Rahmatov.
Osiyo kubogi “B” guruhidagi 2-turning dastlabki o‘yinida Turkmaniston va Bahrayn terma jamoalari 4-4 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiOsiyo kubogi
Osiyo kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Osiyo kubogi
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogining 1-turida o‘zbekistonlik futzalchilar Turkmaniston darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritishgan edi. 3-turda 1-oktabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiOsiyo kubogi
Osiyo kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Osiyo kubogi
Eslatib o‘tamiz, may oyidagi qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston futzal terma jamoasi Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda B guruhidan joy olgandi.
Yangiliklar lentasi
0