Qatar 2024-yilda U-23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

© FIFA/AdidasFIFA predstavila ofitsialniy mach chempionata mira v Katare 2022
FIFA predstavila ofitsialniy mach chempionata mira v Katare 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Qatar Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari orasidan tanlab olindi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqalar qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishida Qatar davlati 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2024 mezboni sifatida ma’lum qilindi. Bu haqida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatar beshta nomzodlar orasidan (Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari) tanlab olindi.
Bundan tashqari, pandemiyaning butun Osiyo bo‘ylab ta’siri kamayib borayotganini inobatga olgan holda, 2023-yildan boshlab pandemiya davrida OFK musobaqalariga qo‘llaniladigan maxsus qoidalarga amal qilish to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0