Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

© RixabayVipusknoy
Vipusknoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2022
Obuna bo‘lish
Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.
Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
-diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Ta’kidlanishicha, platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0