Mirziyoyev Indoneziya va AQSh prezidentlariga ta’ziya yo‘lladi

© AFP 2023 / STRBesporadki i davka na stadione "Kandjuruxan" v Indonezii
Besporadki i davka na stadione Kandjuruxan v Indonezii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Indoneziya rahbariga futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar natijasida, AQSh yetakchisiga esa kuchli "Ien" to‘foni oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziya prezidenti Joko Vidodo va AQSh prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya yo‘lladi.
Ta’ziya Indoneziya rahbariga futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar natijasida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani, AQSh yetakchisiga esa mamlakat janubi-sharqiy shtatlarida yuz bergan kuchli "Ien" to‘foni oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan yo‘llangan.
“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tiladi”, - deyiladi ta’ziya maktublarida.
Avvalroq Malang shahridagi "Kanjuraxan" stadionda muxlislar tartibsizlik uyushtirgani va buning oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani xabar qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari 174 kishiga yetgan. Mamlakat prezidenti futbol chempionatini surishtiruv yakunlanishiga qadar to‘xtatib qo‘yishni buyurgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda "Ien" to‘foni oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 77 kishiga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0