Avtomobilga taqiq qo‘yilganini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Endi my.gov.uz orqali avtomobilga taqiq qo‘yilgani yoki qo‘yilmaganini onlayn tekshirish mumkin.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP, my.gov.uz) transport vositalariga taqiq qo‘yilgani yoki qo‘yilmaganini onlayn tekshirish xizmati ishga tushirildi.
Bu xizmatdan faqatgina avtotransport egasi foydalanishi mumkin. Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.

My.gov.uz orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro burosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.
Yangiliklar lentasi
0