Belarus O‘zbekistonga favqulodda vaziyatlar sohasida kadr tayyorlashda yordam beradi

© Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligiBelarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari
Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikdagi tadbirlar rejasi belgilab olindi – tafsilotlar.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi. Bu haqida Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Hujjat Samarqandda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshevning belorus hamkasbi Vadim Sinyavskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdida imzolandi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik natijalari va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Tadbirlar rejasi quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyatlar va ular oqibatida odamlar o‘limining oldini olish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ishlab chiqish;
kadrlar tayyorlash, xususan, Belarus FVVning Fuqaro muhofazasi universiteti negizida o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash;
qutqaruvchilarni samarali shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlash, yong‘indan qutqaruv bo‘linmalarini moddiy-texnik ta’minlash;
qidiruv-qutqaruv, yadroviy va radiatsiyaviy avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish.
Uchrashuv yakunida Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida Belarus-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zaro hamkorlik uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
© Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligiBelarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari
Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari
Ma’lumot uchun, ikki davlatning qutqaruv idoralari hamkorlikda ish olib borishda katta tajribaga ega. 2008-yilda Minsk shahrida Belarus va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Samarqanddagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII, ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionati boshlandi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Belarus va Qirg‘iziston respublikalari jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0