https://oz.sputniknews-uz.com/20221003/peskov-yaponiya-bilan-tinchlik-shartnomasi-boyicha-muzokaralar-otkazish-imkoniyatini-rad-etdi-28743473.html
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini rad etdi
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini rad etdi
Peskov: Bunday sharoitda tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib borish mumkin emas. 03.10.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-10-03T17:49+0500
2022-10-03T17:49+0500
2022-10-03T17:49+0500
rossiya
yaponiya
dmitriy peskov
fumio kisida
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/02/23729630_0:58:3072:1786_1920x0_80_0_0_9a7616df89104d42b16243e058a8a4a4.jpg
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini rad etdi.U Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning Tokio Ukraina tufayli Rossiya bilan munosabatlari qiyin boʻlishiga qaramay, hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga qatʼiy sodiq ekanini aytgan bayonotini shunday izohladi.Uning qoʻshimcha qilishicha, Yaponiya boshqa Gʻarb davlatlari orasida oʻz oʻrnini egallagan va oʻzi Rossiya uchun muzokaralarga yoʻl qoʻymaydigan nodoʻst davlatga aylangan.Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning tinchlik shartnomasi imzolamagani tufayli xira boʻlib qolmoqda. Tokio 1855 yildagi Savdo va chegaralar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimga tayanib daʼvo qilayotgan Janubiy Kuril orollari masalasi asosiy toʻsiq boʻlib qolmoqda.1956 yilda SSSR va Yaponiya Qoʻshma deklaratsiya qabul qildilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan soʻng, Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini koʻrib chiqishga rozi boʻldi. Bu Kunashir va Iturupning taqdiriga taʼsir qilmadi. Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi.Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz.
rossiya
yaponiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/02/23729630_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_bfcb1dc51c20cb0cfde94a9f2e0cbcb9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yaponiya, dmitriy peskov, fumio kisida
yaponiya, dmitriy peskov, fumio kisida
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini rad etdi
Peskov: Bunday sharoitda tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib borish mumkin emas.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini
rad etdi. U Yaponiya bosh vaziri
Fumio Kisidaning Tokio Ukraina tufayli Rossiya bilan munosabatlari qiyin boʻlishiga qaramay, hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga qatʼiy sodiq ekanini aytgan bayonotini shunday izohladi.
“Albatta, bunday sharoitda tinchlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib borish mumkin emas”, - dedi Peskov jurnalistlarga.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Yaponiya boshqa Gʻarb davlatlari orasida oʻz oʻrnini egallagan va oʻzi Rossiya uchun muzokaralarga yoʻl qoʻymaydigan nodoʻst davlatga aylangan.
Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning tinchlik shartnomasi imzolamagani tufayli xira boʻlib qolmoqda. Tokio 1855 yildagi Savdo va chegaralar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimga tayanib daʼvo qilayotgan Janubiy Kuril orollari masalasi asosiy toʻsiq boʻlib qolmoqda.
1956 yilda SSSR va Yaponiya Qoʻshma deklaratsiya qabul qildilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan soʻng, Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini koʻrib chiqishga rozi boʻldi. Bu Kunashir va Iturupning taqdiriga taʼsir qilmadi. Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi.
Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz.