Rossiya prezidenti maslahatchisi O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Nina ZotinaValeriy Fadeyev
Valeriy Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
3-6 oktabr kunlari Rossiya prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 3-6 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) raisi Valeriy Fadeyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Valeriy Fadeyev Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida o‘tkaziladigan "Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari" xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Anjumanga yetakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan.
Ish jadvalida rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv ham o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0