Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Vengriya tomonining taklifiga binoan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Prezident Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0