Chirchiqdagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi – video

© Sputnik / Ilya PitalevPojar na sklade , arxivnoe foto
Pojar na sklade , arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
“Maxam-Chirchiq” korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan, uning oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash yuzaga kelgan.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Maxam-Chirchiq” korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining birlamchi ma’lumotlariga ko‘ra, 4-oktabr kuni soat 08:40 larda bu korxonaning sintez sexida chaqnash sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan.
Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB rahbari boshchiligida xodimlari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
“Vaziyat nazoratga olingan”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0