Doneskda Rossiya pasportini olish uchun navbatlar paydo bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Referendumlardan keyin hujjat berishni xohlovchilar soni ortgan keskin ortgan.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Rossiya Konstitutsiyaviy sudining Donesk xalq respublikasi aholisini Rossiya fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng Doneskda Rossiya pasportini olish uchun navbatlar paydo bo‘ldi.
Migratsiya xizmati xodimlari referendumlardan keyin hujjat berishni xohlovchilar soni ortganini tasdiqlamoqda.
"Biz buni sakkiz yarim yildan buyon kutardik. Shuning uchun men xursandman. Butun umrim davomida, bog‘chadan boshlab hozirga qadar, ruscha gaplashganman. Nega endi keksaygan chog‘imda faqat ukrain tilida so‘zlashishim kerak ekan", - deydi keksa kishi RIA Novostiga.
U hali ham Ukraina qo‘shinlari nazoratida bo‘lgan Slavanskdan Doneskka kelishga muvaffaq bo‘lgan. U DXR fuqaroligini olish uchun ariza bermagan, lekin darhol Rossiya fuqaroligini oldi.
Yangiliklar lentasi
0