Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ilon Mask Qrimga taklif qilindi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTIlon Mask. Arxivnoe foto.
Ilon Mask. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Qrimni Rossiya hududi deb tan olgandi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qrim parlamentining xalq diplomatiyasi va millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Yuriy Gempelning RIA Novostiga aytishicha, yarim orol Ukrainadagi mojaro haqida gapirgan amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning tashrifi uchun ochiq.

“Qrim har doim Rossiyaniki bo‘lib kelgan va Mask Rossiya yarim oroliga tashrif buyurib, bu yer rus zamini ekanligini hamda eng qo‘pol tarixiy xato tufayli haqiqatan ham Ukrainaning bir qismi bo‘lib qolganini butun dunyoga aytishi mumkin. Biz uni kutib olishga tayyormiz”, - dedi Gempel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi mojaroning oldini olish va uni hal qilish variantlarini bir necha bor taklif qilgan, biroq Kiyev rahbariyati ham, uning amerikalik homiylari ham bunga jiddiy yondashishni istamagan.
"Maskning taklifi biroz kechikdi. Ozod qilingan hududlarda odamlar o‘zlarining tarixiy tanlovini amalga oshirib, Rossiya Federatsiyasining yangi tarkibiy tuzilmalari fuqarolari bo‘lishdi. Mask o‘z rejasiga eng muhim nuqtani — Kiyevning shartsiz taslim bo‘lishini taklif qilishi kerak edi. Zelenskiy so‘zsiz taslim bo‘ladi”, - dedi Gempel.
Avvalroq, Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni Qrimni Rossiya tarkibida saqlab qolish va Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazish orqali hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0