Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoni hal qilish yo‘lini taklif qildi

© AFP 2023 / Patrick Pleul Generalniy direktor Tesla Ilon Mask na otkritii proizvodstva Tesla v Grunxayde
Generalniy direktor Tesla Ilon Mask na otkritii proizvodstva Tesla v Grunxayde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Rossiya va Ukraina o‘rtasida sulh tuzishning to‘rtta variantini ma’lum qildi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ukrainadagi mojaroni hal qilishga oid o‘z qarashlarini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
Birinchi qadam sifatida Mask yaqinda ozod qilingan va Rossiyaga qo‘shilgan hududlarda BMT nazorati ostida boshqatdan referendum o‘tkazishni taklif qildi.
“Qrim 1783-yildan buyon (Xrushchov xatosiga qadar) bo‘lgani kabi rasmiy ravishda Rossiyaning bir qismi bo‘lib qoladi”, - deb yozadi amerikalik milliarder.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim suv bilan ta’minlanishi lozim, Ukraina esa betaraf davlat bo‘lib qolishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0