Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 4-oktabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya na granitse Krima s Ukrainoy
Situatsiya na granitse Krima s Ukrainoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari o‘tgan kun davomida aniq zarbalar yordamida Ukraina Qurolli kuchlarining Dnepropetrovsk, Xerson va Nikolayev viloyatlari hududida 6ta boshqaruv-qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qildi.
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Dnepropetrovskning janubi-g‘arbiy chekkasida Ukraina Qurolli kuchlarining "Vostok" havo qo‘mondonligi shtab-kvartirasi yuqori aniqlikdagi zarba bilan yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Petropavlovka va Kupansk aholi punktlarida Ukraina QKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalari jamlangan hududlarga raketa zarbalari natijasida 100 ga yaqin harbiy xizmatchilar, shu jumladan xorijiy yollanma askarlar va 16 ta harbiy texnika yo‘q qilindi.
Krasnolimanskiy yo‘nalishida Torskoe qishlog‘i yaqinida joylashgan millatchi qo‘shinlarning ikkita punktiga, Ukraina QKning 66-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalariga berilgan zabalar natijasida dushmanning 120 dan ortiq askari va 14 ta zirhli texnikasi yo‘q qilindi.
Lisichansk yo‘nalishida Grigorovka qishlog‘i hududidagi Ukraina QKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasiga raketa zarbasi berildi. Natijada 90 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta tank va oltita zirhli texnikalar yo‘q qilindi.
Zaporoje shahri yaqinida Ukraina Qurolli Kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori, shuningdek, "Motor Sich" zavodi hududidagi samolyotlarni ta’mirlash ustaxonalariga raketa zarbalari berildi. Natijada 15 tonnadan ortiq o‘q-dori, jumladan Amerikaning HIMARS raketa tizimi uchun snaradlar, ikkita Mi-24 jangovar vertolotlari yo‘q qilindi.
Krivorojskiy va Andreyevskiy yo‘nalishlarida Belaya Krinitsa, Lyubelka, Arxanimovka va Zolotaya Balka aholi punktlarida Ukraina QKning 24-mexanizatsiyalashgan, 17-tank va 128-tog‘-hujum brigadalari bo‘linmalariga zarba berish natijasida 250 nafar harbiy xizmatchi, 9 ta tank, 12 ta BMP, 20 ta zirhli mashinalar yo‘q qilindi.
Xarkov shahri tumanlari, DXRning Kramatorsk, Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol, Zeleniy shaharlaridagi, Xerson viloyatining Guy va Nikolayev viloyatining Bereznegovatoe aholi punktlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining beshta qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi. Shuningdek dushmanning 157 tumanda 43 ta artilleriya bo‘linmasi, jonli kuch va harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
DXRning Torskoe, Malinovka, Jelannoe aholi punktlari, Zaporojye viloyatining Dimitrovo va Nikolayev viloyatining Shevchenkovo ​​shaharlari hududlarida beshta o‘q-dori va raketa va artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi.
DXRning Chasov Yar qishlog‘i yaqinida Buk-M1 zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Dnepropetrovsk viloyati Aleksandrovka qishlog‘i yaqinida S-300 zenit-raketa majmuasining radari yo‘q qilindi.
Xerson viloyati, Belaya Krinitsa aholi punkti yaqinida, DXRning Toresk posolkasi hududida Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari yordamida Ukrainaning Su-25 va Su-24 qiruvchi samolyotlari urib tushirildi.
Xarkov viloyatining Nikolayevka, Donetsk Xalq Respublikasining Xarkov, Stepne, Zaporoje, Patixatki, Aleksandrovka, Kaxovka va Xerson viloyatining Koshara aholi punktlari hududlarida o‘tgan kun davomida 8ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Shuningdek, Lugansk Xalq Respublikasining Rovenki posolkasi hududida ikkita "Tochka-U" ballistik raketasi urib tushirildi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Novaya Kaxovka va Chernobayevka aholi punktlari hududlarida havoda HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining to‘qqizta snaradlari yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 312 ta samolyot, 157 ta vertolot, 2 145 ta uchuvchisiz uchish apparati, 379 ta zenit-raketa tizimi, 5 336 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 860 ta raketa-tashuvchi jangovar texnika, 3445 ta dala artilleri. va minomotlar, shuningdek, 6226 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0