Oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnik Sabantuy v sentralnom parke Tashkenta
Prazdnik Sabantuy v sentralnom parke Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Bu bilan oilalar bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahriyeva ma’lum qildi.
Oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash orqali ular bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash hamda yakka tartibli yondashuvni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish Milliy dasturda nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, shakllantirishda ishchi guruh xalqaro baxtlilik indikatorlari hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Butan, Indoneziya, Malayziyada joriy qilingan indekslar tahlil qilgan. Tahlil va o‘rganishlar natijasida oilalarning baxtlilik indikatorlari aniqlangan.
Bunda o‘zbek millatining xarakteri va turmush darajasidan kelib chiqib subyektiv va obyektiv baxt ko‘rsatkichlari inobatga olindi.
Bahriyevaning so‘zlariga ko‘ra, indikatorlarni oilalarning baxtlilik darajasini aniqlashda muhimligi va amaliyotda samaradorligini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyatida tajriba sinov o‘tkazilgan.
Barcha tahlil va tajriba sinov natijalari asosida oilalarning baxtlilik darajasini belgilovchi indikatorlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlangan va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.
Yangiliklar lentasi
0