O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik/Zafar XalilovMirabadskiy rinok
Mirabadskiy rinok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l xududlarida 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 19...24 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21...23 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 12...17 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0