“Qarzga botapti”: AQShning davlat qarzi tarixiy rekord o‘rnatdi

© Depositphotos / VadimVaseninAmerikanskie dollari
Amerikanskie dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
AQSh davlat qarzi birinchi marta 31 trillion dollardan oshdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tarixda birinchi marta AQSh davlat qarzi 31 trillion dollardan oshdi.
3 oktabr holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 31 trillion 123 milliard 887 million 781 ming 401 dollar va 34 sent qarzdor bo‘lgan. Bu AQSh davlat qarzi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.
Aksariyat qarz egalari 24 trillion dollardan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan xususiy shaxslardir. Amerikaning xorijiy hukumatlar oldidagi qarzlari qariyb yetti trillion dollarni tashkil etadi.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, ko‘tarilgan stavkalar bilan qarzga xizmat ko‘rsatish tobora qimmatlashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat prezidenti Jo Bayden o‘tgan yil oxirida ma’qullagan joriy qarz chegarasi 31,4 trillion dollarni tashkil etadi.
Iyun oyida Qo‘shma Shtatlarda inflyatsiya ko‘p o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga yetib, 9 foizdan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0