Umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

© Samarqand shahar hokimligimaktab o‘quvchilari
maktab o‘quvchilari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Maktablar milliy reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarining reytingida Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarlari yetakchi o‘rinlarni egalladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan o‘tgan bir yil davomida maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha ikkita tadqiqot amalga oshirilgan. Xususan, barcha maktablar reytingini aniqlash uchun mamlakatning 14 ta hududidagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9 954 (o‘tgan yilda 9 622 ta) maktab faoliyati tahlil qilingan.
Maktablar milliy reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etgan.

Umumiy o‘rta maktablar reytingi, TOP-10:

1.
Navoiy viloyati Navoiy shahri 13-maktab,
2.
Buxoro viloyati Buxoro shahri 38-maktab,
3.
Buxoro viloyati Buxoro tumani 49-maktab,
4.
Buxoro viloyati Jondor tumani 3-maktab,
5.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 21-maktab,
6.
Navoiy viloyati Navoiy shahri 9-maktab,
7.
Buxoro viloyati Buxoro shahri 28-maktab,
8.
Buxoro viloyati Buxoro tumani 14-maktab,
9.
Buxoro viloyati Jondor tumani 41- maktab,
10.
Buxoro viloyati Jondor tumani 38-maktab.
So‘nggi o‘rinlarda esa Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 34-maktab, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 209-maktab, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-, 62-maktablar, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 16-maktab, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 54-maktab, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 99-98- va 100-maktablar hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 178-maktab ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ixtisoslashtirilgan maktablar reytingi

1.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-IDUM,
2.
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-IMI,
3.
Buxoro viloyati Jondor tumani 49-IDUM,
4.
Xorazm viloyati Shovot tumani XFMMI,
5.
Buxoro viloyati Kogon tumani 1-IDUM,
6.
Xorazm viloyati Xiva shahri 56-IMI,
7.
Jizzax viloyati Jizzax shahri “Umid IDUM”,
8.
Namangan Mingbuloq tumani 13-IDUM,
9.
Namangan viloyati Chortoq tumani 20-IDUM,
10.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 12-AFChO‘IMIlar o‘rin olgan.
So‘nggi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 16-IDUM, Namangan viloyati Namangan shahridagi 40-IDUM, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-IDUM, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-IDUM, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12-IDUM, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi 39-IDUM, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahridagi 97-MMI, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 47-IDUM, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-IDUM maktablar qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0