Bugun harorat +26 darajagacha ko‘tariladi

© SputnikSelskaya doroga v Uzbekistane
Selskaya doroga v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Bugun kunduzi harorat 21-26 daraja, tog‘li hududlarda 14-19 daraja bo‘ladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-26 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22...24 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14...19 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0