Dzudo: Toshkentdagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi

© Sportni rivojlantirish vazirligiJahon chempionati
Jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi vakillari va ularning raqiblari haqida bizning materialimizda o‘qishingiz mumkin.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkentda 6-13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dzudo bo‘yicha Jahon chempionatiga onlayn qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
“Humo Arena” saroyida tarixda ilk bor dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Qur’a natijalariga ko‘ra terma O‘zbekiston terma jamoasi vakillari va ularning raqiblari aniqlandi:
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova - Merve Azak (Turkiya);
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sumiya Iraoui (Marokash);
-52 kg: Sita Kadambayeva - Yoana Diogo (Portugaliya);
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova - Rafayela Silva (Braziliya);
-57 kg: Shukurjon Aminova - Adina Kochkonbayeva (Qirg‘iziston)/Mimi Huh (Janubiya Korea);
-63 kg: Sevinch Isoqova - Azhar Isayeva (Qirg‘iziston);
-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Chantal Rayt (AQSh);
-70 kg: Shohista Nazarova - Yu-Jung Liao (Xitoy Taypeyi);
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Bita Pasut-Klojko (Polsha).
Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov - Mohamad Akkash (IJF (Xalqaro dzudo federatsiyasi) jamoasi);
-66 kg: Sardor Nurillayev - Bogdan Yadov (Ukraina);
-73 kg: Shahram Ahadov - Dominik Rodriges (AQSh);
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Fae Njie (Gambiya);
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev - Fransua Gote-Drapo (Kanada)/Somon Mahbadbekov (Tojikiston);
-90 kg: Davlat Bobonov - Peter Jilka (Slovakiya)/Robert Florentino (Dominikan);
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Adam Smit (AQSh);
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov - Yakov Xammo (Ukraina);
+100 kg: Alisher Yusupov - Yerassil Kajbayev (Qozog‘iston).
Aralash jamoaviy bahslarda esa O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi va dastlab Avstriya terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqadigan bo‘ldi.
Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi esa keying bosqichda Isroil termasiga qarshi bahs olib boradi.
Sbornaya Uzbekistana po dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
JChda O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi dzudochilar ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0