Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ilon Mask: Ukraina sharqida Rossiyani afzal ko‘rishadi

© AFP 2023 / JIM WATSONAmerikanskiy biznesmen Ilon Mask
Amerikanskiy biznesmen Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Amerikalik tadbirkor Ukraina sharqidagi ba’zi hududlar aholisining aksariyatini ruslar tashkil etishini ta’kidlagan.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Ukrainaning qator sharqiy hududlarida ruslar ko‘pchilikni tashkil etadi va ular Rossiyani afzal ko‘rishadi. Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask shunday deb uning sulhga oid rejalarini tanqid qilgan senator Lindsi Gremga javob qaytargan.

“Agar siz xalq istagi ahamiyatga ega deb hisoblasangiz, har qanday mojaroli mintaqada u yerda istiqomat qilayotganlarning istagini qo‘llab-quvvatlashingiz kerak. Ukrainaning katta qismi albatta Ukrainaning bir qismi bo‘lishni xohlaydi, biroq mamlakatning ayrim sharqiy mintaqalaridagi aholining aksariyatini ruslar tashkil etadi, va ular Rossiyani afzal ko‘rishadi”, - deya yozgan Mask o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

Avvalroq Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni Qrimni Rossiya tarkibida saqlab qolish va Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazish orqali hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan edi. Uning fikricha, tinchlikka erishish uchun Ukraina betaraf davlat ham bo‘lishi kerak.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Mask kabi shaxs Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlayotganini juda ijobiy deb atagan edi. U ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, “tinchlikka erishish yo‘llarini izlashga harakat qilmoqda.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.
2 oktabr kuni Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni Konstitutsiyaga muvofiq deb tan oldi.
3 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi, 4-oktabr kuni esa Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi bu shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
5 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi tegishli qonunlarni imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0