O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temir yo‘l qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

© "Uzbekiston temir yullari""Uzbekiston temir yullari" planiruyet zapustit vosem novix marshrutov
Uzbekiston temir yullari planiruyet zapustit vosem novix marshrutov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish uchun xalqaro tender e’lon qildi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temir yo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun amonaviy elektropoyezdlar sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilingan. Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Ta’kidlanishicha, yangi qatnovlar mamlakatda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasida yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
Zamonaviy elektropoyezdlar xarid qilinishi natijasida quyidagi 8 ta yangi yo‘nalishda temir yo‘l qatnovlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan:
Toshkent–Jizzax–Toshkent;
Toshkent–Keles–Toshkent;
Navoiy–Buxoro–Navoiy;
Samarqand–Jizzax–Samarqand;
Samarqand–Shahrisabz–Samarqand;
Samarqand–Qarshi–Samarqand;
Andijon–Xonobod– Andijon;
Nukus–Xiva–Nukus.
Yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Shuningdek, Toshkent–Xo‘jikent–Toshkent, Toshkent–Angren–Toshkent, Namangan–Andijon–Namangan, Qo‘qon–Andijon–Qo‘qon, Toshkent–Guliston–Toshkent, Toshkent–Bekobod–Toshkent, Termiz–Sariosiyo–Termiz, Qarshi–Buxoro–Qarshi, Buxoro–Xiva–Buxoro, Samarqand–Buxoro–Samarqand kabi 10 ta mavjud yo‘nalishlarda esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 mln 473 ming 500 nafar yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati oraliq intervalini qisqartirish maqsadida Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0