Rossiya TIV Polshaning tovon puli haqidagi da’volariga javob berdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, SSSR fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonmaganida millionlab polyaklar qullikning chidab bo‘lmas taqdiriga duch kelgan bo‘lar edi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Polshaning Rossiya Ikkinchi jahon urushi davridagi yo‘qotishlar uchun kompensatsiya to‘lashi haqidagi da’volari siyosiy fantaziyalar doirasiga kiradi, dedi RIA Novostiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa uchinchi departamenti direktori Oleg Tapkin.

“Polsha siyosiy doiralarining Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha ko‘rgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq Rossiyaga noadekvat da’volari siyosiy fantaziyalar dirasiga kiradi”, - dedi Tapkin.

Uning ta’kidlashicha, Polsha rasmiylari o‘zlarining ichki siyosiy muammolarini hal qilar ekan, ko‘pincha "tarixiy revizionizm"ga murojaat qilishadi.
“Ularning ochiq-oydin axloqsizligi yaqqol ko‘rinib turibdi: agar SSSR fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonmaganida edi, Polsha Polsha xalqining milliy davlati sifatida mavjud bo‘lmagan va millionlab polyaklar qullikning chidab bo‘lmas taqdiriga duch kelgan bo‘lar edi”, - deya xulosa qildi diplomat.
Avvalroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Germaniya va Polshaning Ukrainaga Rossiya tomonidan tovon puli to‘lashi haqidagi bayonotlarini odobsizlik deb atagan edi. Uning eslashicha, Sovet Ittifoqi Sharqiy Yevropa mamlakatlari, jumladan, Germaniya va Polshani qayta tiklashga katta kuch hamda mablag‘ sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, Varshavada Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 6,2 trillion zloti (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilishgan. Shu bilan birga, polshalik siyosatchilar Rossiyadan ham tovon puli olish umidini qayta-qayta bildirishgan.
Bir necha yil oldin "Qonun va adolat" rahbari Yaroslav Kachinskiy Moskva, Berlin singari, Polshaga Ikkinchi Jahon urushidagi zararni qoplashga majbur, va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy Varshavaning "shartsiz" tovon to‘lash huquqini e’lon qildi.
Rossiyadan pul talab qilish g‘oyasini yaqinda mamlakat prezidenti Anjey Duda qo‘llab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0