Sirdaryo viloyati ishsizlik yo‘q hududga aylantiriladi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Respublikadan kelgan rahbarlar va hokimlar prezidentga yana 7,5 ming gektar yer ajratilsa, Sirdaryo viloyatida ishsizlikni yo‘q qilish bo‘yicha taklif berishdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligidagi ishlar holati, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga keldi.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Davlat rahbari Sirdaryo tumanidagi “Arslon bobo” va “Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaliklari dalasini ko‘zdan kechirdi va sirdaryolik fermerlar, nuroniylar bilan suhbatlashdi.
“Bugun respublikadan kelgan rahbarlar va hokimlar yana 7,5 ming gektar yer ajratilsa, Sirdaryo viloyatida ishsizlikni yo‘q qilish bo‘yicha taklif berayapti. Men buni, albatta, qo‘llab-quvvatladim” deydi prezident.
Aytilishicha, bu yil viloyatda 75 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni paytda qariyb 80 ming gektar yerga g‘alla ekilmoqda.
“Arslon bobo” fermer xo‘jaligining yer maydoni 90 gektar bo‘lib, bu yil g‘alladan 80 sentnerdan hosil olingan. Hozir paxta terimi avjida. Shuningdek, kartoshka, mosh, sabzi, piyoz kabi takroriy ekinlar ham yetishtirilib, bozorga qo‘shimcha mahsulot chiqarilmoqda.
“Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaligi 62 gektarda dehqonchilik qiladi. Bu yerda ham g‘alla hosildorligi 80 sentner bo‘lgan.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Bu qo‘shni xo‘jaliklarda yerlar lazerli uskuna yordamida tekislangani natijasida suv avvalgiga nisbatan 30-40 foiz tejalmoqda, sug‘orish vaqti ham qisqargan. Nasoslar quyosh panellari quvvatida ishlaydi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga tut, tok, qoratol va boshqa ko‘chatlar ekilgan.
Davlat rahbari shu yerda dehqonchilik qilayotgan yoshlar bilan ham suhbatlashdi. Ular mazkur fermer xo‘jaliklari dalasidan 0,5 gektardan yer olib, mosh, sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz yetishtirayotganini so‘zlab berishdi. Bundan olgan daromadi hisobidan universitetda o‘qish, uyini butlash rejalarini ma’lum qilishdi.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Prezident Sayxunobod tumanidagi “Shukronalik mo‘jizalari” fermer xo‘jaligi dalasida ham bo‘ldi.
Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 70 gektar. Joriy yilda 25 gektarga paxta, 45 gektarga g‘alla ekildi. Hosildorlik mehnatga yarasha – yuqori. Bu fermer xo‘jaligi ham g‘alladan bo‘shagan maydondan yaxshi daromad oladi. Xususan, bu yil 45 gektar maydonga takroriy ekin sifatida mosh ekilgan.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Davlat rahbari innovatsiya va nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish va hisobini yuritish zarurligini ta’kidladi. Fermer va ishchilarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, xususan, ular uchun kichik, arzon uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yangiliklar lentasi
0