Toshkentda metroning yangi uchta bekati qurilishi yakunlanmoqda - foto

© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Yangi bekatlar qo‘rilishi natijasida metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 600 minggacha oshadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Poytaxtda yangi uchta metropoliten bekati qurilishi yakunlanmoqda. Bu haqida O‘zbekiston temir yo‘llari xabar berdi.
Yer usti metrosining 2-bosqichi “Qo‘yliq – Quruvchilar” yo‘nalishining 7-bekatdan 12-bekatgacha bo‘lgan 8,5 kilometrlik uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Yer usti metro yo‘nalishining 2-bosqichidagi 5 ta bekat qurish va 8,5 kilometrlik uchastka yo‘llarida po‘lat izlar o‘rnatish ishlari joriy yil yakuniga qadar yakunlanishi belgilangan. Mazkur yo‘nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu bosqich qurib bitkazilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:
Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod bo‘ladi;
bekatlar soni 50 taga yetadi;
metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 600 minggacha oshadi;
245 ta yangi ish o‘rni yaratilib, metro harakatining tannarxi, aholining jamoat transportiga xarajati va kutish vaqti sezilarli qisqaradi.
Hozirgi vaqtda 3 ta bekat qurilishi yakunlanmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan 7-bekatdan 10-bekatgacha bo‘lgan masofada qurilish jarayonining barcha temir-beton ishlari tugatildi hamda yangi va mustahkam relslar to‘liq o‘rnatib bo‘lindi.
© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Metropoliten
8-bekat
Mazkur bekat Qo‘yliq-1 mavzesida joylashgan. Bugungi kungacha bekatdagi asosiy ishlarning qariyb 95 foizi bajarib bo‘lindi. Bekat 2 qavatdan iborat. Birinchi qavatga jami 28 ta xona qurilgan bo‘lsa, perron 2-qavatda bo‘lib, umumiy uzunligi 105 metrdan iborat.
9-bekat
Ushbu bekat Qo‘yliq-4 hamda Qo‘yliq-5 mavzelarida joylashgan. Bu yerda asosiy qurilish va pardozlash ishlarining qariyb 99 foizi yakuniga yetdi. Birinchi qavatdagi barcha xizmat ko‘rsatish va texnika xonalari to‘liq ta’mirdan chiqarilgan.
10-bekat
Bekat Sergeli tumanidagi Qo‘yliq-7 mavzesida joylashgan. Ushbu bekatda ham asosiy qurilish ishlari tugatilib, so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Metropoliten
Qayd etilishicha mazkur bekatlarining 2 qavatidagi perron qismi ko‘rinishi ham bir-birini takrorlamaydi. Dizayni, qurilish mahsulotlarining turi va rangida farq bor. Har bir bekatda yong‘in xavfsizligi yo‘lagi tashkil etildi. Mavjud 3 ta bekatda zamonaviy lift va eskalatorlar ham o‘rnatildi.
Qolaversa, 11-bekat binosining ichki va tashqi devorlari suvoq ishlari hamda Qipchoq ko‘chasidagi 12-bekatda 85 foiz ishlar ham bajarilgan.
© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Metropoliten
Ma’lumot uchun, Toshkent yer usti halqa metro yo‘nalishining 2-bosqichida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 116 ta texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2 ming 650 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi-xodim jalb qilingan.
Yangiliklar lentasi
0