Baydenning o‘g‘liga ayblov qo‘yish uchun yetarli dalillar to‘plandi – OAV

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident SShA Djo Bayden i yego sin Xanter
Prezident SShA Djo Bayden i yego sin Xanter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Xanter Bayden soliq jinoyatlari va qurol sotib olish bilan bog‘liq yolg‘on bayonotlar berganlikda gumon qilinmoqda.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Federal agentlar Amerika yetakchisi Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenni soliq jinoyatlarida ayblash va qurol sotib olish bilan bog‘liq yolg‘on guvohlik berish uchun yetarlicha dalillar to‘plashdi. Bu haqda kecha manbalarga tayanib “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, tergov tomonidan to‘plangan dalillar bazasiga qaramay, kichik Baydenga ayblov qo‘yish to‘g‘risida qaror Delaver federal prokurori tomonidan qabul qilinadi.
Delaver shtatining advokati Devid Vayss o‘z lavozimiga sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tayinlangan, u Xanter Baydenga nisbatan tergovni 2020-yilgi saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biriga aylantirgan.
Xanter Baydenga qarshi tergov 2018-yilda boshlangan va 2020-yilgi saylovlar davrida o‘sha paytda AQSh prezidenti lavozimini egallab turgan va saylov natijalariga ko‘ra uni qaytarib olishni rejalashtirgan Donald Trampning diqqatini tortgan. Tramp bir necha bor Jo Baydenni yolg‘onchilikda va korrupsiyaga aloqadorlikda ayblagan. Respublikachi demokratni “prezidentlik uchun raqobatlasha olmaydigan korrupsion siyosatchi” deb ataydi.
“TheWall Street Journal” mart oyining oxirida Xanter Baydenga nisbatan o‘sib borayotgan soliq tekshiruvi haqida yozgan. Ishbilarmonlik nashriga ko‘ra, tergovchilar uning Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi biznes munosabatlarida soliq yoki boshqa qonunlarni, shu jumladan xorijiy hukumatlar uchun lobbichilikni tartibga soluvchi qonunlarni buzgan-buzmagani bilan qiziqqan.
Nashrning yozishicha, “Burisma”direktorlar kengashidagi faoliyati uchun Xanter Bayden 2014-yildan 2019-yilgacha oyiga 50 ming dollar olgan, bu mablag‘ “Rosemont Seneca Bohai” MChJ hisobiga tushgan. Uning bu lavozimdagi faoliyatining katta qismi otasi Jo Bayden vitse-prezidentligi davrida sodir bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0