Iqtisodchi yangi inqirozdan omon qolishning yagona yo‘lini aytdi

© AFP 2023 / StringerInvestor sledit za rostom fondovogo rinka
Investor sledit za rostom fondovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Iqtisodchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar AQShga pul olib chiqishni to‘xtatsa, yangi inqirozga dosh bera oladi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Jahon markaziy banklari stavkalarni oshirib, uchinchi dunyo mamlakatlari iqtisodlarini tom ma’noda parcha-parcha qilib tashlamoqda. Bu haqda RIA Novosti “Yangi jamiyat” instituti Siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashovga tayanib, xabar berdi.
Vasiliy Koltashovga ko‘ra, rivojlangan davlatlar ham stavkalar oshishidan jabr ko‘rmoqda — Britaniya va Yevropa Ittifoqida inflyatsiya tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, ishlab chiqarish yopilyapti.
Amerika ma’muriyatining vazifasi — investorlarni dollarga o‘tishga majburlab, butun pulni dunyodan “tortib olish”.

“Uchinchi dunyo mamlakatlari uchun bu haqiqiy falokat bo‘lib, bir tomondan dollar kursining o‘sishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan milliy valyutalarning zaiflashishiga olib keladi va natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti parchalanadi”, - deya ta’kidladi iqtisodchi.

AQSh Federal zaxirasi, Angliya banki va Yevropa Markaziy banki tomonidan stavkalarning oshishi iqtisodiy inqiroz mexanizmini izchil rivojlantirmoqda.
“Ko‘pchilik Amerika moliya tizimini chetlab o‘tuvchi gorizontal aloqalarni o‘rnatish orqali buning oldini olishga harakat qilmoqda. Ammo bu yetarli emas: mamlakatlar hukumati kapitalni o‘z iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga majburlab, mablag‘larini olib chiqishni taqiqlashi kerak”, - deya xulosa qildi Koltashov.
Yangiliklar lentasi
0