Masqat-Toshkent yo‘nalishida doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

© “Dunyo” AAO‘mon Sultonligi
O‘mon Sultonligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasi "Salam Air" aviakompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Noyabr oyidan boshlab Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqida “Dunyo" AA xabar berdi.
Aytilishicha, O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasida "Salam Air" aviakompaniyasi tijorat va xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Mazin al-Salmaniy hamda uning tijorat bo‘yicha menejerlari Kulsum al-Balushiya va Xolid al-Riyamiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazin al-Salmaniy so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning muhim transport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shu sababli, u aviakompaniya tomonidan Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlarni (taxminan noyabr oyidan boshlab) amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
Ta’kidlashicha, hozirgi paytda parvozlarni boshlash uchun barcha sharoitlar yetarli bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kuchga kirgan Bitim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, 2020-yil 11-maydan e’tiboran O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirgan. Kelishuvlarga muvofiq, "Salam Air" aviakompaniyasi O‘mon tomondan havo qatnovi tashuvchisi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0