Pasxa orolidagi tosh butlar yong‘indan zarar ko‘rdi

© Sputnik / Vasiliy JuravlevStatui moai (kamennie monolitnie statui) na sklone potuxshego vulkana Rano-Raraku, slujivshego kamenolomney dlya vitesivaniya statuy korennim obitatelyam ostrova Pasxi.
Statui moai (kamennie monolitnie statui) na sklone potuxshego vulkana Rano-Raraku, slujivshego kamenolomney  dlya vitesivaniya statuy korennim obitatelyam ostrova Pasxi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Rapa Nui milliy bog‘idagi yong‘in deyarli 60 gektar maydonni yo‘q qildi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik.Tinch okeanidagi Pasxa orolida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli mashhur tosh monolit haykallar - moai zarar ko‘rdi. Bu haqida “RIA Novosti” mamlakat yodgorliklar milliy kengashiga (CMN) tayanib xabar berdi.
Rapa Nui milliy bog‘ining Rano-Raraku vulqoni yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in deyarli 60 gektar maydonni vayron qilgan.
Yong‘in 4-oktabr kuni boshlangan va faqat 24 soatdan keyin nazorat ostiga olingan. Bu vaqt ichida yong‘in ko‘plab moaylar joylashgan hududni qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi.
"Hozircha zararlangan haykallarning aniq sonini aytishning imkoni yo‘q, chunki yong‘indan zarar ko‘rgan moai va boshqa obyektlarning aniq sonini aniqlash uchun mutaxassislar guruhlari ro‘yxatga olish va diagnostika ishlarini davom ettirmoqda", deyiladi xabarda.
Boshqarma, shuningdek, moai yasalgan toshning tarkibi yuqori haroratga ta’sir qilishini qayt etdi. Shunga ko‘ra, yong‘in natijasida haykallarda yoriqlar paydo bo‘lib, ularning yaxlitligini buzadi.
Ma’lumot uchun, Rapa-Nuida 386 ta moai bor, ulardan 265 tasi vulqon tashqarisida va 121 tasi kraterning ichki yon bag‘irlarida joylashgan.
Tinch okeanidagi Pasxa oroli dunyodagi eng chekka aholi yashaydigan orol hisoblanadi. U Chilining kontinental qirg‘oqlaridan 3514 kilometr, Pitkern orolidan eng yaqin aholi yashaydigan joy - 2075 kilometr uzoqlikda joylashgan.
U orol bo‘ylab o‘rnatilgan moai - tosh haykallari bilan mashhur. Rapa Nui YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0