Rossiyada elektro samokatlardan foydalanishga oid yangi cheklovlar kiritildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishProxojie v Moskve
Proxojie v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Piyodalar va velosiped yo‘llarida faqat og‘irligi 35 kg dan oshmagan shaxsiy elektrotransportda harakatlanish mumkin.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Rossiya hukumati yo‘l qoidalariga bir qator yangi cheklovlar kiritildi va ularning aksariyati elektron samokat, elektron skeyt va monog‘ildirkali harakatlanish moslamalariga taaluqlidir.

Shaxsiy elektron transportga doir:

Elektro skuter, samokat, skeytbord, hoverbord, segvey va monog‘ildiraklarda tezlikni 25 km/soatdan oshirish ta’qiqlanadi.
Piyodalar va velosiped yo‘llarida faqat og‘irligi 35 kg dan oshmagan shaxsiy elektrotransportda harakatlanish mumkin. Bunda piyodalar har doim ustunlikka ega bo‘ladi.
Elektro skuter, samokat, skeytbord, hoverbord, segvey va monog‘ildiraklarda️ harakatlanganda yo‘lning piyodalar kesib o‘tish joydan faqat piyoda kesib o‘tish mumkin.
Shaxsiy elektron transport vositalari uchun maxsus yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Uular muayan hududlarda bunday elektr transport vositalarida harakatlanishga ruxsat beradi, cheklaydi yoki taqiqlaydi.
Elektr skuterlarga va velosipedchilarga avtomobil yo‘lining qatnov qismi o‘ng chetida harakatlanishga ruxsat etiladi, agar ushbu yo‘lda ruxsat etilgan maksimal tezlik soatiga 60 km dan oshmasa.
Elektr skuterni faqat 14 yoshdan oshgan odamlar avtomobil yo‘lida minishi mumkin, unda tormoz tizimi, oq va qizil faralar bo‘lishi kerak.
Yangi qoidalar oddiy skuterlar va rolikli konkilarga taalluqli emas - ulardan foydalanayotganlar piyoda maqomida qoladi.

Avtomobillarga doir o‘zgarish:

Rossiya hukumati yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritib, yo‘l ko‘rsatuvchi orollar va xavfsizlik orollarida harakatlanish, to‘xtash va to‘xtashlarni butunlay taqiqladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Rossiyaning yirik shaharlarida elektron samokat, elektron velosiped va boshqa shaxsiy elektrli transport vositalari soni keskin ko‘paydi. Ular orasida tezligi 30km/soat dan oshadiganlari ham talaygina. Shuningdek YTHlar statistikasi ham ushbu turdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan ko‘plab qoidabuzarliklar, jumladan og‘ir jarohat yetkazish va hatto o‘lim bilan tugash holatlari ham kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0