Sputnik muxbiriga Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi mukofoti berildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya politseyskaya assotsiatsiya v Uzbekistane otmetila 10-letie
Mejdunarodnaya politseyskaya assotsiatsiya v Uzbekistane otmetila 10-letie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi o‘zining 10-yilligini nishonladi. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarini tabriklash uchun assotsiatsiyaning Moskva viloyati bo‘limi vitse-prezidenti Andrey Golovizin tashkrif buyurdi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Xalqaro politsiya assotsiatsiyasining (XPA) O‘zbekistondagi bo‘limi o‘zining 10-yilligini nishonladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
O‘zbekiston XPA Moskva mintaqaviy bo‘limining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarini yubiley bilan tabriklash uchun Moskva bo‘limi vitse-prezidenti, politsiya general-mayori Andrey Golovizin tashrif buyurdi.
Andrey Golovizin o‘z nutqida assotsiatsiya politsiya xizmatini rag‘batlantirishda faol ishtirok etib, ichki ishlar organlari bilan amaliy hamkorlikka e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
“O‘zbekistondagi Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi faxriylar, nogironligi bor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlamoqda. Assotsiatsiya qator ijtimoiy xayriya loyihalarini ishlab chiqmoqda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etmoqda”, deydi Golovizin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi sharoitda jinoyatchilarga qarshi kurashda boshqa davlatlar politsiyachilari bilan muloqotni davom ettirish uchun real imkoniyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston assotsiatsiyasi salohiyatidan faol va samarali foydalanish mumkin.
Tadbirda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, faxriylar, nogironligi bor bolalar ham ishtirok etdi.
© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya politseyskaya assotsiatsiya v Uzbekistane otmetila 10-letie
Mejdunarodnaya politseyskaya assotsiatsiya v Uzbekistane otmetila 10-letie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Mejdunarodnaya politseyskaya assotsiatsiya v Uzbekistane otmetila 10-letie
Bayram davomida Sputnik muxbiri Ramiz Baxtiyarov “O‘zbekiston xalqaro politsiya assotsiatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro politsiya uyushmasi 1950-yilda urushdan keyingi yillarda Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan yozishmalarni olib borgan va tajribalarini baham ko‘rgan britaniyalik politsiyachilar tomonidan tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda assotsiatsiya iste’fodagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan tashkil topgan mustaqil tashkilotdir. Dunyoning istalgan nuqtasida politsiya xodimlari martabasi, irqi, terining rangi, tili yoki diniy mansubligidan qat’i nazar, unga qo‘shilishlari mumkin.
Uning asosiy maqsadi do‘stona munosabatlar o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, dunyoqarashni kengaytirish va kasbiy tajriba almashishdan iborat.
Assotsiatsiyaning O‘zbekistondagi filiali 2012-yildan buyon Rossiya Xalqaro politsiya uyushmasining a’zosi hisoblanadi. 2016-yilda klub kuzatuvchi sifatida XPA sertifikatini oldi. Filial O‘zbekistonda 2019-yil 7-oktabrda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0