Geografik obyektlarga nom berishda mahalliy aholining fikri hisobga olinadi – Senat

© Pixabay.com/ falcoUzbekistan Tashkent ulitsa
Uzbekistan Tashkent ulitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Senatorlar tomonidan maqullangan qonun qabul qilinsa O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomini geografik obyektlarga berishda kelib chiqayotgan turli muammolar bartaraf etiladi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Senatning o‘ttiz uchinchi majlisida Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunda geografik obyektlarga nom berishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish belgilangan.
Biroq, amaldagi qonunchilikda aholining fikrini hisobga olish tartibi ochib berilmagan. Shuningdek, aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston va jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish tartibi aniq belgilanmagan.
Geografik obyektlarga shaxslarning nomini berishda esa ularni tanlashda talablar mavjud emas. Ushbu holatlar geografik obyektlarning nomlari qayta-qayta o‘zgartirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Qonun 4 ta moddadan iborat bo‘lib, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6 ta moddasiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar, shu jumladan, jamoat va davlat arboblarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomini geografik obyektlarga berishda kelib chiqayotgan turli muammolar bartaraf etiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0