Shoir va dramaturg Haydar Muhammad vafot etdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishKupola mecheti
Kupola mecheti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
Haydar Muhammadning "Toshkentning nozanin malikasi", "Ko‘ngil – chinni piyola", "Kuyovlar konkursi" asarlari Tojikiston, Qirg‘iziston teatrlarida ham sahna yuzini ko‘rgan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir va dramaturg, "Do‘stlik" ordeni sohibi Haydar Muhammad vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Haydar Muhammad 1936-yili Toshkentda tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kechki filologiya bo‘limini tugatgan. O‘zbekiston teleradiosida muharrir, Madaniyat ishlari vazirligida mas’ul vazifalarni bajargan. Ko‘p yillar Hamza nomli Akademik drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida xizmat qilgan.
© O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Haydar Muhammad
Haydar Muhammad  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Haydar Muhammad
Haydar Muhammadning birinchi she’riy to‘plamlari:
"Ko‘nglim mening" (1975);
"Olchamning tug‘ilgan kuni" (1978);
"Yo‘llaringga mushtoqman" (1979);
"Ipak gilamlar" (1990);
Hazilkash shoh" (Saylanma, 1994).
Haydar Muhammad musiqa janrining juda ko‘p turlari uchun she’rlar yozgan, "Shoir ovozi" dostoni (Sayfi Jalil musiqasi), "Yoshligim" suitasi (D. Zokirov), "Mening oppoq qo‘shig‘im" kabi turkumlari (Bahrillo Lutfullayev musiqasi) shular jumlasidandir. Uning "Toshkentning nozanin malikasi" (Manas Leviyev musiqasi), "Ko‘ngil – chinni piyola" (1987, Komil Kenjayev musiqasi), "Kuyovlar konkursi" (1991, R. Azizxo‘jayev bilan T. Hasanov musiqasi), "Har kimki vafo qilsa…" (1994, Bobur haqida. A. Ismoilov, S. Hayitboyev musiqasi) kabi musiqali drama va komediyalari tomoshabinlarga manzur bo‘lgan.
Haydar Muhammadning "Xotinlar "gap"idan chiqqan hangoma" , "Sab’ai sayyor", "Hazilkash shoh" , "Sehrgar va ayyor", "Jinoyat ustida ushlansin", "Elor botir" kabi drama va komediyalari Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatri, Muqimiy nomli respublika musiqali teatri, viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.
"Toshkentning nozanin malikasi", "Ko‘ngil – chinni piyola", "Kuyovlar konkursi" asarlari esa Tojikiston, Qirg‘iziston teatrlarida ham sahna yuzini ko‘rgan.
"Xotinlar "gap"idan chiqqan hangoma" komediyasi asosida suratga olingan "Temir erkak" filmi respublikamizda eng ko‘p tomoshabin ko‘rgan asarlardan biridir.
Haydar Muhammadning qator latifa, intermediya, hajviy hikoyalari "Mushtum" jurnali va gazetalarida chop etilib, "Tabassum" radiostudiyasi hamda televizion miniaturalar teatrida foydalanib kelinadi.
Respublikamiz xalq teatrlari adibning "Ipak gilamlar", "Navoiy bir kuni", "Ulug‘bek sharofati", "Beruniyning baxt eshigi", "Sevgi jazavasi", "Sobir Rahimov va xoin", "Chiroyli ayolning iltimosi" kabi asarlarini ham sahnalashtirgan.
Haydar Muhammad tarjimasida ozarbayjon dramaturgi Anorning "Zanjir yoki qiyofalar" , turkman dramaturgi H. Muxtorning "Nevarali kelin", boshqird dramaturgi Farid Bogdanovning "Tungi mehmon" kabi asarlari o‘zbek sahnasiga chiqqan.
Yangiliklar lentasi
0