Erdog‘an Yevropaga gaz yetkazib berilishining cheklanishi oqibatlaridan ogohlantirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishRedjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, hozir Yevropada har bir kishi bu qish qanday o‘tishi haqida o‘ylamoqda.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yevropa mamlakatlari Rossiyadan gaz yetkazib berilishining cheklanishi sabab jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiya yoshlari fondi (TÜGVA) a’zolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Yevropa mamlakatlari bu qishda Rossiyadan gaz yetkazib berilishining cheklovlari sabab jiddiy qiyinchiliklar kutib turibdi. Hozir Yevropada har bir kishi shunday savol bermoqda: Bu qish qanday kechadi?”, - dedi Erdog‘an. Uning so‘zlaridan “Anadolu” agentligi iqtibos keltirgan.
Turkiya yetakchisi mamlakat qishda bu borada muammoga duch kelmasligini qo‘shimcha qildi, chunki yetarlicha tabiiy gaz va ko‘mir g‘amlab qo‘yilgan.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Yevropa Itifoqi Rossiya gaz va neftiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya o‘z energiya tashuvchilarini Osiyo va Janubiy Amerika davlatlariga yo‘naltirdi, Yevropa esa AQShdan suyultirilgan gaz sotib olishga o‘tdi. Lekin sanksiyalar oqibatida jahon bozirida gaz narxi rekord darajada o‘sdi. Bu o‘z oqibatida barcha narxlar o‘sishiga, inflyatsiyaga olib keldi. Qish arafasida esa gaz omborlari bo‘shab qolgan Yevropa davlatlarida xavotir tobora kuchaymoqda.

Mavzuga oid:

Turkiya Rossiyadan gaz to‘lovlarini 2-yilga kechiktirishni so‘radi – OAV
Turkiya tez orada Rossiya gazini qisman rublda sotib ola boshlaydi
Bolqon davlatlari Erdog‘andan Putin bilan gaz masalasini muhokama qilishni so‘radi
Yangiliklar lentasi
0