Yadroviy mojaro xavfi ortib bormoqda — Ilon Mask

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuInjener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask
Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask yadro urushi ehtimoli keskin oshib bormoqda, deb o‘ylamoqda.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yadroviy mojaro xavfi ortib bormoqda, deydi amerikalik tadbirkor va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask.

“Yadro urushi ehtimoli keskin oshib bormoqda”, - deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.

Bu milliarderning dunyodagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqidagi birinchi rezonansli bayonotlari emas. U, avvalroq Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan edi. Uning rejasi to‘rt banddan iborat:
Qrim Rossiya tarkibida qolishi lozim;
Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazilishi kerak;
Qrim yarim orolini suv ta’minoti kafolatlari bilan ta’minlash zarur;
Ukrainaning betaraf maqomini mustahkamlash darkor.
O‘tgan hafta Mask, shuningdek, Tayvan bo‘yicha mojaro muqarrarligini e’lon qildi va orolni XXRning maxsus ma’muriy hududiga aylantirishning oldini olishni taklif qildi. Bundan tashqari, u Jo Baydenni navbatdagi prezidentlik poygasi uchun juda qari deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0