Ukrainani demontaj qilishning yangi bosqichi boshlandi

© © AFP 2022 / John MacDougallflag Ukraini
flag Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan terakt maqsadiga erishildi - Vladimir Putin Kiyev hukumatini terrorchilarga tenglashtirgan edi. Ya’ni Rossiya taktikasini o‘zgartiraptimi? Hozircha, yo‘q.
Ukraina infratuzilmalari - energetika, aloqalar, harbiy boshqarmalarga zarbalar- shunchaki ogohlantirish va bizning imkoniyatlarimizni namoyish etadi, ammo bu elektrsiz qoldirish taktikasi, ko‘priklar va kommunikatsiyalarni yo‘q qilishga o‘tilganini bildirmaydi. Bu Qrim ko‘prigiga zarba va Kursk AESga hujum uyushtirishga urinishlarga bir martalik javob bo‘ldi. Ukraina energetikasi va temir yo‘l aloqalarini (frontga qurollar va o‘q-doridar yetkazilishini to‘sib qo‘yish), ko‘priklarini vayron qilish uchun bir martalik zarbalar emas, balki bir necha hafta hujum qilish kerak. Hozircha bu haqida hech qanday gap yo‘q - Putin “shunchaki” ogohlantirdi.
“Agar bizning hududimizda teraktlar uyushtirishga urinishlar davom etsa, Rossiyadan javoblar keskin bo‘ladi va o‘z miqyosiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasiga tahdidlar darajasiga to‘g‘ri keladi. Hech kim bunga shubha qilmasligi kerak”.
Bu agar Kiyev bizning infratuzilmalarimizga diversion hujumlar uyushtirishda davom etishdan bosh tortsa, biz Ukraina obyektlarini tinch qo‘yishimizni bildiradimi? Ukraina hukumati teraktlar (ular turlicha, xuddi Darya Dugina bilan bo‘lgan qotilliklardan tortib, energetika kompleksiga hujumgacha- bo‘lishi mumkin) uyushtirishni to‘xtatishi ehtimoli juda - juda kam, ammo baribir, prezident tomonidan aytilganidek - koptok endi Kiyev tomonida ekanligi, ya’ni keyingi voqealar uning hatti-harakatlariga bog‘liqligini bildiradimi?
Yo‘q. Biz qanchalik Ukrainadagi tinch aholining hayoti haqida tashvishlanmaylik, o‘z taktikamizni faqat o‘zimiz aniqlab olamiz. Agar yakuniy g‘alaba uchun energetika tarmoqlarini ishdan chiqarish va ko‘priklarni vayron qilish kerak bo‘lsa, biz buni qilishga majbur bo‘lamiz. Albatta bu tinch aholiga qancha zarar keltirishini tushungan holda. Ko‘pchilik hayron qolyapti: ammo nega biz buni boshidanoq qilmadik?
Chunki biz shunchaki g‘alaba qilishni istamaymiz: biz Ukrainani uning rus olami uchun tabiiy holatiga qaytarmoqchisimiz. Bu mojaro chindan ham g‘alati. G‘alatiligi shundaki, bir xalqning ikki mamlakati o‘rtasida sodir bo‘lyapti, ya’ni, jumladan, fuqarolik urushi ham bo‘lmoqda. Ammo biz tomondan Ukraina aholisini jazolash niyati yo‘q - biz ularni hozirgi millatchili elitaning, G‘arbning qo‘llaridan tortib olmoqchimiz. Ha, to‘g‘ri, juda ko‘pchilik ukrainlar bu hukumatni o‘ziniki, G‘arbni esa ittifoqdosh va valine’mat deb hisoblaydi. Va bu qarash faqat mag‘lubiyatdan so‘ng, Ukrainaning qulashidan keyin o‘zgarishi mumkin. Ammo boshidanoq Rossiya nima bo‘lsa ham o‘z birodarlarimizning (mayli aldangan bo‘lsa ham) dahshatli azoblari evaziga g‘alaba qilishni istamagan. Kiyev hukumatini tezda sindirish, armiyani axloqqa chaqirish amalga oshirilmadi. G‘arb anglosaksonlar manfaatlari yo‘lida o‘z birodarlarini halok qilayotgan urush yong‘inlaridan o‘z foydasi uchun bajonidil foydalanmoqda.
Ammo harbiy harakatlar qancha uzoq davom etsa, nafaqat bizning yo‘qotishlarimiz ko‘p bo‘ladi, balki Ukrainadagi vaziyat ham yanada murakkablashadi. Infratuzilmaga hech qanday zarbalarsiz - shunchaki katta yo‘qotishlar va to‘liq safarbarlik Ukrainani ishchilardan mahrum qiladi va uning iqtisodiyotini pasaytiradi. Uzoq cho‘ziladigan urush Ukrainaga g‘alaba olib kelmaydi- uni yanada zaiflashtiradi. Biz uchun ham uzoq davom etadigan harbiy harakatlar kerak emas. Bizning mustahkamlik borasida boshqa zaxiralarimiz, asosiysi, boshqa vazifalarimiz ham bor. Va biz g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil, Ukraina esa faqat G‘arbning yordamiga, bundan tashqari bu mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishidan umid qilishi mumkin.
Ammo G‘arb hech qachon bundan qilmaydi. Uni Ukraina qo‘li bilan Rossiyaga qarshi kurashish qoniqtiradi. Ammo yadroviy urush mutlaqo kerak emas- nahotki Kiyevda buni tushunishmasa. Yo‘q, tushunishmaydi, aniqrog‘i buni tan olishni istashmaydi. Unaqada ular halokatga mahkum ekanliklariga ko‘nikishga to‘g‘ri keladi. Aynan shu sababli Kiyev G‘arbni bevosita Rossiyaga qarshi mojaroga aralashtirishga imkoniyat qidiradi, jumladan Qrim ko‘prigidagi terakt aynan shu sababli uyushtirilgan edi.
Kiyev Moskvaning javobi qanday bo‘lishi, qanday javob choralari qo‘llanilishini juda yaxshi bilgan va shuni kutgan. “Dahshatli rus zarbalarining” ta’siri bilan G‘arb jamoatining fikriga ta’sir o‘tkazish va keyingi qadam esa G‘arbni ulushni yanada balandroq ko‘tarishga – yangi turdagi qurollar yetkazib berishga o‘tishga, NATO kuchlari bilan Ukraina osmonini yopishga yoki hatto Rossiyaga ultimatum qo‘yishga urinishdir. Kiyev faqat vaziyatni og‘irlashtirish uchun o‘ynashi mumkin, chunki vaqt unga qarshi ishlayotganini tushunib turibdi.
Rossiya esa har qanday holatda boshlangan ishni oxiriga yetkazadi- infratuzilmalarga zarbalar bilan yoki ularsiz ham. Biz hech qachon G‘arb uchun Ukraina Rossiyaga qarshi qurol bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ukrainaliklar va janubiy ruslar avlodi keyinchalik ham ruslarni yomon ko‘rishi va rus ekanliklarini inkor qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Hozirgi Ukraina Rossiya bilan teng emas (na tarixiy jihatdan, chunki bizning bir bo‘lagimiz hisoblanadi), na kelajak tomondan, chunki undan bizga qarshi foydalanishadi. Putinning Xavfsizlik kengashi bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Medvedev buni yanada aniqroq tushuntirib berdi:
“Ukraina davlati millatchilarning siyosiy rejimi bilan hozirgi konfiguratsiyasida Rossiyaga doimiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq tahdid soladi. Shu sababli, menimcha, xalqimizni va mamlakat chegaralarini himoya qilish bilan bir qatorda, bizning kelajakdagi harakatlarimiz maqsadi - Ukrainaning siyosiy rejimini butunlay demontaj qilish bo‘lishi kerak”.
Ha, bu qisman Putin dastlab aytib o‘tgan maxsus operatsiya maqsadlarida nazarda tutilgan - denatsifikatsiya va demilitarizatsiya - butun siyosiy elitani o‘zgartirmasdan imkonsiz. Bundan tashqari, faqat shu tarixiy maqsadning amalga oshishi - Ukrainaning rus dunyosiga qaytishiga olib kelishi mumkin. Hozir bu jarayon bir necha viloyatlarning Rossiyaga qo‘shilishi bilan boshlandi – lekin bu hali qilinadigan uzoq ishlarning boshlanishi xolos. U bir necha bosqichlarga va turli xil qaytish shakllariga ega bo‘ladi, lekin biz endi hammasini o‘z nomi bilan ataymiz. Bizning umumiy ismlarimiz bilan.
Yangiliklar lentasi
0