Rossiya Turkiyada yirik gaz xabi yaratishi mumkin - Putin

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v mejdunarodnom forume "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v mejdunarodnom forume Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya neft qazib olish miqdorini pasaytirmaydi va o‘z gazini jahon bozorida sotishni davom ettiradi, "Shimoliy oqim" bilan bog‘liq vaziyat bunga xalaqit bermaydi - Putin.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiya Yevropaga yoqilg‘i yetkazib berish uchun Turkiyada yirik gaz habi ochishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya energetika haftaligi" forumi oldidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, ayn damda Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan barcha sanksiyalarga qaramay, Rossiya neft qazib olish miqdorini pasaytirmaydi va o‘z gazini jahon bozorida sotadi. "Shimoliy oqim" bilan bog‘liq vaziyat bunga xalaqit bermaydi, chunki "Turk oqimi" hali ham ishlamoqda.
“Shimoliy oqimlar orqali yo‘qolgan tranzit hajmi, Qora dengizi vaTurkiya orqali Yevropaga yetkazib berilishi mumkin. Buning uchun Turkiyada Yevropa uchun eng yirik gaz xabi tashkil qilishga ham tayyormiz. Agar, albatta, bizning hamkorlarimiz bundan manfaatdor bo‘lsa”, — dedi Rossiya prezidenti.
Ayni damda Rossiya Turkiya orqali Yevropaga 14 milliard kub metr gazni “Turk oqimi” orqali eksport qilmoqda, dedi Vladimir Putin.
Yangiliklar lentasi
0