Shavkat Mirziyoyev Ostonada qanday tadbirlarda ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Astanu
Shavkat Mirziyoyev pribil v Astanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ma’lumot uchun, 13-14 oktabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitlarda ishtirok etib nutq so‘zlaydi.
Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida Shavkat Miziyoyev hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0