Kuvayt Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning a’zosi bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. El-Kuveyt
Goroda mira. El-Kuveyt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi 1992-yilda tashkil etilgan davlatlararo forum.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Kuvayt Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitining 28-ishtirokchisi bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostona bo‘lib o‘tadigan kengashning VI sammitida ma’lum qildi.
Qozog‘iston rahbari sammitni ochar ekan, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash oltinchi sammitining barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.
Toqayev bu yil mazkur kengashni chaqirish tashabbusiga 30-yil to‘lishini ta’kidladi. Bu davr mobaynida sammit ko‘p tomonlama hamkorlik platformasi va zamonaviy diplomatiyaning xalqaro institutiga aylandi.
“1999 yilda kengashga 15 davlat a’zo bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Bu, aslida, Osiyo davlatlari, butun jahon hamjamiyati oldida forum nufuzi oshganidan dalolat beradi. Kuvayt ham kengash a’zosi sifatida bizga qo‘shilganidan juda mamnunmiz”, - deydi Qozog‘iston rahbari.
Ma’lumot uchun, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi 1992-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan davlatlararo forum bo‘lib, uning faoliyati muloqot uchun sharoit yaratish, qarorlar qabul qilish va Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Bahrayn, Bangladesh, Vyetnam, Misr, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Kambodja, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Falastin, Rossiya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Shri-Lanka Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi.
Kengashda kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar: Belarus, Indoneziya, Malayziya, AQSh, Ukraina, Filippin, Yaponiya, Laos va Turkmaniston.
Yangiliklar lentasi
0