Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz yigiruv korxonasini tashkil etiladi

© Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligio‘zbek - qirg‘iz hamkorligi
o‘zbek - qirg‘iz hamkorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat hududida to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyihalar soni ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz yigiruv korxonasini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Muso Jamanbayev bilan uchrashdi.
© Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligio‘zbek - qirg‘iz hamkorligi
o‘zbek - qirg‘iz hamkorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
o‘zbek - qirg‘iz hamkorligi
Suhbat davomida ko‘p qirrali o‘zbek-qirg‘iz hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda fikr almashilgan masalalar:
Sanoat kooperatsiyasining yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarini ishlab chiqish;
Savdo shartnomalarini tuzish;
Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi hamda ikki mamlakat hududlari rahbarlarini jalb qilgan holda biznes-forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.
Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat hududida to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyihalar soni ko‘paytiriladi.
Tomonlar quyidagi loyihalar bo‘yicha hamkorlik qiladi:
2022-2025 yillarga mo‘ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi;
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim;
Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim.

O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan.

Jamg‘arma mablag‘larini jalb qilgan holda Qirg‘izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Gidroenergetika hamda transport va logistika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari alohida tartibda ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda qirg‘iz kapitali asosida 291 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0