XOQ Shomurodovni JChda ishtirok etmaydigan Top-10ga kiritdi

© Jenoa CFC / Instagram Eldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov milliy jamoalari JCh saralash bosqichida o‘ta olmagan, lekin futbolchi sifatida JChga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan Top-10 futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Italiya "Roma"si va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan kuchli o‘nta futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar beradi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sayti.
Eldor Shomurodov ushbu ro‘yxatda sakkizinchi o‘rinni egalladi.
"Markaziy Osiyo mintaqasi odatda futbolga unchalik e’tibor qaratmaydi, lekin Shomo, o‘zi aytganidek, jahon chempionatiga albatta nimadir olib kelishga qodir bo‘lgan sifatli futbolchi. Hozirda u "Roma"da Joze Mourino qo‘l ostida. 27 yoshli futbolchi tinimsiz mehnat qiladi va terma jamoasi sardori bo‘lgan. U O‘zbekiston "oq bo‘rilari" safida 59 o‘yinda 32 ta gol urib, o‘zini haqiqiy jamoa o‘yinchisi sifatida namoyish qilgan, deyiladi XOQ xabarida.
Eldor Shomurodovdan tashqari ushbu ro‘yxatda “Manchester Siti” futbolchisi norvegiyalik Erling Xoland birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich ikkinchi va "Roma" hujumchisi Paulo Dibala - uchinchi o‘rinda. Ularning jamoalari 2022-yilgi jahon chempionatiga chiqa olmadi.

JChda ishtirok etmaydigan eng yaxshi 10 talik:

1.
Erling Xolland (Norvegiya, "Manchester siti")
2.
Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya, "Milan")
3.
Paulo Dibala (Argentina, "Roma")
4.
Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul");
5.
Luis Dias (Kolumbiya, "Liverpul");
6.
Viktor Osimxen (Nigeriya, "Napoli");
7.
Martin Odegaard (Norvegiya, "Arsenal");
8.
Eldor Shomurodov (O‘zebkiston, "Roma");
9.
Riyod Mahrez (Jazoir, “Manchester Siti”);
10.
Janluidji Donnarumma (Italiya, PSJ)
Eslatib o‘tamiz, Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0