Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi

© pexels.com/MonsteraStudent zapisivayushiy leksiyu
Student zapisivayushiy leksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2022
Obuna bo‘lish
Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Xabaringiz bor, Davlat test markazi tomonidan 3-7 oktabr kunlari 2022/2023 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazilgandi. Bugun mazkur test natijalari e’lon qilindi.
“Bugun, 15-oktabr kuni mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin”, - deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkazilgan. Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0