Erondagi eng yirik qamoqxonada portlash yuz berdi

© pexels.ciom/Vladimir ShipitsinGorashee zdanie
Gorashee zdanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2022
Obuna bo‘lish
Eron poytaxti Tehronda joylashgan eng yirik qamoqxona — Evinda kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Eron poytaxti Tehronda joylashgan Evin shahridagi eng yirik qamoqxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Evin qamoqxonasida kuchli yong‘in bo‘lganini ko‘rsatuvchi fotosuratlar chop etildi. Mahalliy aholi so‘nggi 20 daqiqada yong‘in joyidan kamida to‘rtta portlash ovozi eshitilganini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘in qamoqxonaning tikuv bo‘limida moliyaviy jinoyatlar va o‘g‘irlikda ayblangan bir necha mahkumlar o‘rtasidagi mojaro oqibatidi sodir bo‘lgan. Qamoqxona rahbariyatining tezkor harakati tufayli yong‘in darhol o‘chirilgan.
Evin qamoqxonasidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q,sakkiz kishi jabrlangan.
Yangiliklar lentasi
0