Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

© MID UzbekistanaVladimir Norov prinyal uchastie vo vneocherednom zasedanii ministrov inostrannix del Organizatsii turkskix gosudarstv
Vladimir Norov prinyal uchastie vo vneocherednom zasedanii ministrov inostrannix del Organizatsii turkskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Tegishli qaror Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi 10-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Istanbul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya TDT tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Vengriya, Turkmaniston TIV rahbarlari, shuningdek, TDT bosh kotibi va oqsoqollar kengashi raisi ishtirok etdi.
Uchrashuvda 11-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan TDT sammitida imzolash uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.
Norov jahonda ro‘y berayotgan voqealarning jadalligi va xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar TDTni zamonaviy voqelikka doimiy moslashtirish zarurligini taqozo etishini ta’kidladi.
Tashkilot doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport, sanoat va texnologik kooperatsiya, innovatsiyalar, AKT, ilm-fan, texnologiya va madaniy-gumanitar boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish muhimligi ta’kidlandi.
Kuchayib borayotgan xatar va tahdidlarni yengish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida strategik masalalar bo‘yicha tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri TDTning Samarqand sammitiga tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha TDTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 10-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Samarqanddagi tadbir tashkilotning nomi o‘zgartirilgandan keyin bo‘lib o‘tadigan birinchi sammit hisoblanadi.
TDTga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0